Samarqand shahridagi 63-saylov uchastkasida “Ko‘ksaroy” va “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi 2360 nafar saylovchilar ro‘yxatga olingan. Ularning 114 nafari saylovlarda ilk bor ishtirok etuvchilar sanaladi. Ushbu saylov uchastkasida ham takroriy saylov jarayoni joriy yilning 5-yanvar sanasida ertalab 8:00 dan respublikamiz madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng mamlakat taqdiriga befarq bo‘lmagan vatandoshlarimiz o‘zlari uchun munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berish uchun takroriy ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etishdi.

Samarqand shahrining “Ko‘ksaroy” mahallasida istiqomat qiluvchi Narziqul ota Qarshiyev 96 yoshda. U kishining yurishga qiynalishini hisobga olgan holda uchastka saylov komissiyasi a’zolari u kishining xonadonida bo‘lishib, ko‘chma quti orqali takroriy ovoz berish ishlarini tashkil etishdi. Narziqul ota takroriy ovoz berish jarayonida ishtirok etayotganligidan mamnun ekanligini bildirib, o‘zi uchun munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-01-06 09:45:00 88