Institut matbuot xizmati hamda institut Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusida tashkil etilib, faoliyat ko‘rsatayotgan “Jurnalist-talaba” klubi a’zolari tashabbusida Navoiy tavalludining 579 yillik munosabati bilan Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Siz Navoiyni bilasizmi?” savol-javob aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya davomida talabalar bilan o‘tkazilayotgan savol-javob jarayonlarida Alisher Navoiyning hayot faoliyati, ijodi, g‘azallari tog‘risidagi savollarning 5 tasiga to‘liq javob bergan iqtidorli talabalar badiiy asarlar, romanlar hamda Navoiy asarlari aks ettirilgan kitoblar bilan taqdirlanishdi. Bunda fakultet yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha dekan o'rinbosarining tashabbusini ham alohida ta'kidlab o'tish joizdir.
“Jurnalist-talaba” klubi a’zosi Jamila Qilichova xabari
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain








