Bugungi kunda ma’naviyat ijtimoiy hayotimizning asosiy masalalaridan biri hisoblanib, Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Ma’naviyatning o‘zagini tashkil etuvchi axloq, nafosat, ruhiyat, g‘oya, mafkura, madaniyat va ma’rifat kabi sohalar qadim zamonlardan beri o‘qib, o‘rganilib, tadqiq qilingan bo‘lsa-da, lekin bu keng miqiyosli tushunchani alohida va maxsus o‘quv fanlari tizimiga aylantirish zaruratini ko‘pchilik tasavvur qila olmas balki.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160 Qarori e’lon qilinib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va miqiyosini kengaytirish,  sohada faoliyat olib borayotgan muassasa va tashkilotlar ishini muvofiqlashtirishga asos bo‘la oldi. Ma’lumki, barcha jabhalarda yoshlar ma’naviy salohiyatini yanada shakllantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mazkur sohaning rivojlanishi borasida ta’lim muassasalalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektorlar o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori O.G‘aybullayev talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan “Besh tashabbusning institutdagi samarasi” deb nomlangan mavzu ostida uchrashuv o‘tkazdi va musiqa, sport hamda kompyuter savodxonliklari yuzasidan amaliyotlar o‘tkazildi.  

 

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-02-20 12:05:00 97