Samarqand davlat chet tillar institutiga 2020-yilning 28-fevral kunida Latviyaning Riga texnika universiteti Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Kseniya Dolzhenko tashrif buyurdi va institut rektori I.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyev, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i X.Muzropovlar ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv jarayonida mavjud o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda ularning malakasini oshirish, hamkorlikda ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, talabalar uchun o‘quv adabiyotlari va darslikalar yaratish, o‘zaro qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish borasida taklif va muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda SamDCHTIda Riga texnika universitetining 1 semestrlik tayyorlov kursini ochishga kelishildi. Mazkur kursda tahsil oluvchi talabalar 2-semestrini Riga texnika universitetida davom ettiradi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain








