Malayziya universiteti xalqaro marketing bo‘limi vakili A.Yaxshiboyev Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi va institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Ro‘ziqulov, qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i X.Muzropovlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida ikkala oliy ta’lim mauassasalari o‘rtasida yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish hamda ularning malakasini oshirish, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish,  bakalavr, magistratura va doktorantura ta’lim bosqichlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib borildi.

Suhbat so‘ngida Malayziya universitetida mavjud bo‘lgan “Maktabgacha ta’lim”, “Jurnalistika”, “Ingliz tili” hamda “Turizm” yo‘nalishlari asosida 1+1 va 2+2 qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, kelgusida Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida Malayziya universitetining filialini ochish kabilarga kelishib olindi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-03-04 10:10:00 104