Joriy yilning 10-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Qizlar davrasi” ko‘rik-tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda institutda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, xotin-qizlar kengashi hamda talabalar jamoasi ishtirok etishdi.
Tanlovni yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev ochib berdi va ishtirokchi qizlarga tanlov jarayonida omad yor bo‘lishini aytib o‘tdi.
Mazkur tanlov, avvalo, fakultetlar miqiyosida tashkil etilib, unda g‘olib bo‘lgan jami bo‘lib 7 nafar talaba-qizlar institut bosqichida ishtirok etishmoqda. Ular quyidagilar:
- Narzullayeva Zarinaxon.
- Xusanova Zarina.
- Pardayeva Dilnavoz.
- Xayrullayeva Aziza.
- Davlatova Iroda.
- Qodirova Zebiniso.
- Islomova Ozoda.
Mazkur tadbirda ishtirokchi talaba-yoshlar bahoriy go‘zallik bayrami munosabati bilan ayollarni ulug‘lovchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari hamda tanishtiruv, baxru bayt, savol-javob, pazandalik mahorati va milliy urf-odatlarimizni o‘z maromida ko‘rsata olishdi. Tadbir so‘ngida “Eng pazanda qiz”, “Eng qobiliyatli qiz”, “Eng zukko qiz”, “Eng hozirjavob qiz”, “Eng lobar qiz”, “Eng iqtidorli qiz”, “Eng orasta qiz” nominatsiyalari bilan har bir ishtirokchilar taqdirlanishdi.
Tanlovning g‘oliblari sifatida birinchi o‘ringa Islomova Ozoda (RGTF), ikkinchi o‘ringa Xusanova Zarina (Ingliz tili-I), uchinchi o‘ringa Xayrullayeva Aziza (RGTF)lar munosib deb topildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Francais
Deutsch
Spain




















