2020-yilning 11-mart kunida Samarqand davlat chet tillar institutida siyosiy partiyaning dasturiy maqsadlari va uning elektorati manfaatlari hamda hududlarni rivojlantirish dasturidan kelib chiqib, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda  siyosatshunoslar, deputatlar, partiya faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda partiya guruhlari faoliyatini me’yoriy-huquqiy tartibga solish hamda ularning qonunchilikda mustahkamlangan huquq va vakolatlarini amalga oshirishning asosiy mexanizmlari, Xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi partiya guruhlarining doimiy komissiyalar majlislari va sessiyalar kun tartibiga takliflar kiritish  masalalari atroflicha tahlil etildi. 

Shuningdek, partiya deputatlik guruhlarining hududlarda deputatlik nazoratini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, deputatlik guruhi a’zolari mutasaddi va mas’ul ijro etuvchi idoralar rahbarlarining Qonunlar, Davlat dasturlari hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi yuzasidan eshituvlarini tashkil etishning muhim va ta’sirchan usullarini ishlab chiqish, partiya boshlang‘ich tashkilotlari va xalq deputatlari Kengashlaridagi deputatlik guruhlari elektorat manfaatlarini himoya qilish, joylardagi muammolarini o‘rganish va ularni partiya vositalari orqali hal etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Shu bilan birga, deputatlarning faoliyati, ularning hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha nuqtai nazarlari, tashabbus va takliflaridan aholining xabardorligini oshirish maqsadida partiya deputatlik guruhlarining ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlikda ishlashining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2020-03-12 11:00:00 100