Samarqand davlat chet tillar instituti

 

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi,  Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti hamkorligida 2020-yilning 9-10 oktabr kunlari “Buyuk ipak yoʼlida umuminsoniy qadriyatlar: til, taʼlim va madaniyat” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tadi. Barcha qiziquvchilarni lutfan taklif etamiz.

Konferensiyada quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha tezislar namoyish etiladi:

1- SHOʼBА: TIL VА АDАBIYoT NАZАRIYASI.

2- SHOʼBА: UMUMINSONIY QАDRIYATLАRNING SHАKLLАNISHIDА MILLIY MАDАNIYATNING OʼRNI.

3- SHOʼBА: BUYUK IPАK YOʼLI MАMLАKАTLАRIDА TIL, TАЪLIM, MАDАNIYAT VА TАRIX MUSHTАRАKLIGI.

4- SHOʼBА: XORIJIY TILLАRNI OʼRGАNISH METODIKАSI VА TА’LIM-TАRBIYA NАZАRIYASI.

5- SHOʼBА: MАTNSHUNOSLIK VА АDАBIY MАNBАSHUNOSLIK.

6- SHOʼBА: TА’LIM JАRАYONIGА PEDАGOGIK HАMDА INNOVАTSION TEXNOLOGIYALАRNI JORIY ETISH.

Konferensiya toʼplamida nashr etilgan ilmiy tezislarning har biriga alohida DOI raqam beriladi. Har bir konferensiya ishtirokchisi sertifikat bilan taqdirlanadi.

Sana: 2020-yilning 9-10 oktabr kunlari soat 10:00 dan boshlanib “ZOOM” https://zoom.us/j/89612152786 platformasi orqali amalga oshiriladi.

Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʼlimi

_________
SamDChTI Аxborot xizmati

Share:
2020-10-08 11:40:00 91