Samarqand davlat chet tillar institutida 2021-yilning 9-aprel kuni XXVI spartakiadasining “Futbol” musobaqasi talabalar o’rtasida bo’lib o’tdi.

Bo’lib o’tgan ushbu musobaqada 1-o’rinni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti, 2-o’rinni Roman-german tillari fakulteti, 3-o’rinni Ingliz tili – II fakulteti qo’lga kiritishdi.

Ahamiyatlisi, bu yilgi musobaqalar har yilgidan ham ko‘ra ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilmoqda. Shu kabi musobaqalarning o‘tkazilishi salomatligimizga, sog‘ligimizga foydali bo‘libgina qolmasdan, ko‘ngil ochar dastur ham hisoblanib, madaniy hordiqdir. Agar siz ushbu musobaqalarda ishtirok etmagan bo‘lsangiz, keyingilarida, albatta, ishtirok etishingizni tavsiya etamiz.

Navbatdagi musobaqa sportning “Yengil atletika” turi bo’yicha 2021-yilning 14-aprel kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-04-10 12:25:00 118