O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga xorijning nufuzli oliygohlaridan malakali mutaxassislarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti ham o‘quv jarayonlariga ko‘plab xorijlik mutaxassislarni taklif etmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi va AQSH hukumati o‘rtasida imzolangan “Ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv Memorandumi” hamda SamDCHTI va AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilgan “Fulbright English Teaching Assistant” loyihasi asosida AQSHlik ingliz tili mutaxassisi Ashley Marion Lane xonim Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat olib bordi.

Bugun, 19-noyabr kuni Ashley Marion Lane xonim o’z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi. Shuningdek, institut rahbariyati vakillari ko’rsatgan faoliyati uchun o’zlarining minnatdorchiliklarini bildirishdi. Xorijlik mutaxassislarni institutdagi o’quv jarayoniga jalb etish chora-tadbirlari muntazam davom etadi.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2021-11-19 16:25:00 131