Talaba-yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda ularga imkoniyat va qulayliklar yaratib berish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini joriy qilish, shu bilan birga ularning tadbirkorlik sohasida faoliyat boshlashlari hamda muntazam ravishda bandligini ta’minlash borasida hukumatimiz rahbari tomonidan qator vazifalar belgilab berildi.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar institutida ham salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, institut rahbariyati vakillari, bo‘limlar boshliqlari, fakultetlar dekanlari va dekanlar o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda institutda tahsil oluvchi talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishga muhtoj talabalarni aniqlash va ularni ishga joylashtirish, davlat tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi aniqlab, ular bilan hamkorlikda ish olib borish, institutda mavjud til o‘qitish markazlari faoliyatini kengaytirish orqali bo‘sh ish o‘rinlari yaratish hamda talabalarning bandligini ta’minlash kabilar borasida rejalar belgilab olingan, shuningdek, bu borada muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, institutda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aniqlangan ishga muhtoj 843 nafar talabalarning hozirga qadar 100 dan ortig‘i ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, institutning hamkorliklari doirasidagi sohalar, ya’ni ta’lim, xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarish, umumta’lim maktablari, turizm kabi sohalar faoliyatini kengaytirish bilan birgalikda ish o‘rinlarini yaratish hamda yaratilgan ish o‘rinlariga talaba-yoshlarni jalb etish orqali ularni ish bilan ta’minlash kabi masalalar yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Share:
2022-03-30 16:49:16 142