Ispaniyaning Alikante universiteti dotsenti Maria Sanchez 2022-yilning 19-21 aprel kunlari Samarqand davlat chet tillar instituti magistrantlari uchun ochiq ma’ruza mashg‘ulotlarini tashkil qildi.

Bugun, 21-aprel kuni Maria Sanchez hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinovlar o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida Alikante universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, Erasmus+ dasturlari doirasida turli xil loyihalarni amalga oshirish, jumladan, xalqaro kredit mobilligi loyihalarini tashkil etishga kelishildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-21 22:10:00 197