“Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammiti: Samarqand ruhi – hamkorlik, o’zaro anglashuv va do’stlik ifodasi” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti yuqori saviyada bo’lib o’tdi. Shu munosabatda bugun, Samarqand davlat chet tillar institutida sammit yakunlari, unda ko’rilgan masalalar, shuningdek, sammit doirasida muhokama qilingan jihatlarni keng ommaga yetkazish yuzasidan ochiq muloqot o’tkazildi.

Ochiq muloqot “Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammiti: Samarqand ruhi – hamkorlik, o’zaro anglashuv va do’stlik ifodasi” mavzusida tashkil etilib, unda qator nufuzli mehmonlar, institut rahbariyati vakillari va sammit doirasida tarjimonlik faoliyati bilan shug’ullangan volontyorlar ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, sammitga xorijiy delegatsiyalar hamda mehmonlarga tarjimon sifatida hamrohlik qilish uchun institutimizdan malakali tarjimon o‘qituvchi hamda talabalarimiz rus, xitoy, ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, yapon, koreys, arab va turk tillari bo‘yicha faoliyat olib bordilar.

Jarayon so’ngida gid-tarjimon sifatida beminnat xizmat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga minnatdorchilik bildirilgan holda faxriy yorlik hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-09-20 19:29:25 377