Bizga berilgan salomatlikni asrab-avaylaylik!

Inson hayotda yashar ekan, yaxshilikka intilib, yomonlikdan qaytib yashashga harakat qiladi. Lekin “yaxshilik” va “yomonlik” tushunchalariga har kim har xil taʼrif beradi. Hayot ezgulik bilan goʻzal. Ammo baʼzan ezgulikka yovuzlik koʻlanka soladi. "Asr vabosi” nomini olgan giyoxvandlik insonning osuda hayotiga raxna solib, ongini oʻziga boʻysundiruvchi zahri qotildir. Bu shunday qurolki, oʻz domiga ilintirgan odamni razolat dunyosiga yetaklaydi va bu jarayonda inson jamiyatdagi oʻrnini yoʻqota boshlaganini anglamay qoladi.

Giyohvandlik nafaqat bu illat bilan shug'ullanuvchilarga, balki butun jamiyatga tahdid soladi. Ushbu illatning oldini olish borasida mamlakatimzida muntazam ravishda tizimli ishlar qilinib kelinmoqda. Bu borada Samarqand davlat chet tillar instituti ham jim turgani yo’q. Institutning Ingliz tili-I fakulteti "Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogikasi" hamda "Ingliz tili va adabiyoti" kafedralari professor-o'qituvchilari Samarqand shahridagi "Yangi hayot" mahallasida bo’lishdi.  Jumladan, "Giyohvandlik – asr vabosi" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida fakultetning 3-bosqich talabalari tomonidan maxsus sahnalashtirilgan chiqishlar  tomoshabinlarga namoyish etildi. badiiy va zamonaviy kuy-qo’shiqlar ham shular jumlasidandir. Inson uchun eng bebaho boylik – bu sog'lik-salomatlikdir. Uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilgan. Zero, tadbirning asosiy maqsadi ham yoshlarni sog'lom turmush tarziga da'vat etish va o'zga yovuzli kishilarga aldanib qolmaslikdir.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-19 18:01:45 342