Joriy yilning 17-yanvar kunida Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida italyan tili mutaxassisi Luka Tedesko Samarqand davlat chet tillar institutiga taklif etildi. Italyalik mutaxassis bilan institut rektori I.Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i O.Yusupovlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv jarayonida talabalarga italyan tilini zamonaviy metodlar orqali o‘rgatish yo‘llari, ta’lim va ilm-fan sifatini yanada oshirish to‘g‘risida fikr-mulohazalar almashinildi. Italyalik mutaxassis Luka Tedesko o‘quv yilining oxiriga qadar SamDChTIda italiyan tilini talabalarga yuqori saviyada o‘rgatish uchun faoliyat olib boradi.
O'zbekcha
English
Русский
Deutsch
Spain



