O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING TOPSHIRIQLARI YUZASIDAN INSTITUTDA YIG’ILISH O’TKAZILDI

Joriy yilning 24-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar tayyorlash va ularni moddiy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida prorektor, dekan, kafedra mudirlari, bo’lim boshliqlari,  barcha ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan izlanuvchi olimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida institut rektori I.M.Tuxtasinov aynan yuqorida keltirilgan masala va takliflar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Jumladan, sohaga oid davlat dasturlarini shakllantirish va markazlashgan tartibda moliyalashtirish orqali ilm-fanni tubdan rivojlantirish, yuksak natijadorlikka yo‘naltirilgan ixtisosliklar bo‘yicha milliy laboratoriyalar tizimini yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha quydagi ishlarni amalga oshirish belgilab olindi.
—  iste’dodli yoshlarni izlab topish, ular bilan ishlash, oliy ta’limga seleksiya orqali jalb qilish va ularni maqsadli tarbiyalash borasidagi ishlarni kuchaytirish;
—  izlanuvchi olim va tadiqotchilar tomonidan yaratilgan ishlanmalar uchun ularga PhD va DSc binar diplomlar berish va ularning ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etib borish;
—  xorij tajribasini o‘rganib, ularning ijobiy tomonlarini joriy qilish, institut faoliyatini rivojlantirish va xalqaro reytinglarda munosib o‘rin egallashini ta’minlash, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, hamkorlikda filiallar hamda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etish, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ta’lim sifati samaradorligiga erishish choralarini ko‘rish;
—  institut xususiyatidan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarni “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali  xorijiy OTMlarida malaka oshirish kurslariga yuborish, shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni “El-yurt umidi” jamg‘armasi, xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa xalqaro grantlar orqali xorijda malaka oshirishlarini tashkil qilish;
—  institut rasmiy veb-saytini jonli va jozibadorligini ta’minlash, institut hayotini mahalliy va xorijiy OAVlarida yoritishda Matbuot markazi faolligini oshirish;
—  institut o‘quv ishlari hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun fakultetlarda jurnallar ochilib, ular tomonidan darslar tahlil qilinish doimiy qayd qilib borilishi, professor-o‘qituvchilar, talaba va ularning ota-onalar bilan uchrashuvlar o‘tkazib borish;
—  talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli to‘garaklar, kitobxonlik tanlovlari tashkil etish va iqtidorli talabalarni rag‘batlantirib borish;
—  barcha sharoitlarga ega universal sport majmuasi, zamonaviy kutubxona  qurish, «kitob-kafe»lar sonini ko‘paytirish, Wi-Fi zonalarini tashkil etish va institut atrofini doimiy obodonlashtirish;
—  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni institutda tatbiq etish, yoshlarga sport, cholg‘u va boshqa tashabbusga kerakli inventar va qurollarni sotib olib, iqtidorli yoshlarga sharoitlar yaratib borish hamda bu borada mahalla va ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlarni OAV orqali yoritish;


Samarqand davlat chet tillar instituti matbuot xizmati

Share:
2019-05-31 18:00:00 90