Institut ta’lim sifatini nazorat qilish boshlig‘i A.A.Shermatov hamda “Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi L.U.Muzaffarovalar Samarqand shahridagi 50-sonli maktabga tashrif buyurishdi. Institut o‘qituvchilari maktabning malakali o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi hamda maktab tizimida ta’lim sifatini oshirish, shakllantirish jarayonlari xususida interaktiv seminar trening o‘tkazishdi. Seminar treningda maktab o‘qituvchilari kichik guruhlarga bo‘lingan holda berilgan topshiriqlarga fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Bundan tashqari, maktab o‘qituvchilariga ta’lim tizimidagi so‘nggi yangiliklar, Hukumat Qarorlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv chog‘ida institut o‘qituvchilari maktab o‘qituvchilariga xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy innovatsion metodlar, kommunikativ til o‘qitish usullari, maktablar reytingini oshirishda dolzarb vazifalar va boshqa mavzular yuzasidan qizg‘in suhbat uyushtirildi.
Suhbat yakunida maktab o‘qituvchilari bilan keyingi uchrashuvda ularni qanaqa mavzular qizitirishi, o‘quvchilar orasida kitobxonlikka qiziqishini yanada orttirish, xorijiy til o‘qituvchilari uchun metodik seminarlar tashkil qilish kabilar kelishib olindi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Spain



