22 iyun kuni Yaponiyaning Tokyo Universiteti xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Makoto Terada va xalqaro loyihalar koordinatori Tetsuya Togolar SamDCHTIga tashrif buyurishdi.

Yaponiyalik mutaxassislar SamDCHTI yapon tili o’qituvchilari va talabalari uchun Yaponiyada ta’lim tizimi, Tokio universitetida ta’lim olish shart-sharoitlari, ta’lim grantlari, ta’lim yo’nalishlari, xorijlik o’qituvchilar va talabalar uchun stajirovka dasturlari va boshqalar to’g’risida taqdimot o’tkazishdi. Taqdimotdan so’ng davra suhbati tashkil etildi va ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdilar.

Share:
2018-06-25 11:05:00 82