Samarqand viloyatida “Markaziy kulgu ligasi” musobaqasining chorak final saralash bosqichi  bo‘lib o‘tdi va unda Samarqand davlat chet tillar institutining yangi tarkibdagi “Tarjimon” jamoasi, Samarqand meditsina institutidan “Avitsena” jamoasi, Oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurtining “Tog‘ yo‘lbarslari” jamoasi, Uyushmagan yoshlar MChJdan “Yog‘du” jamoalari ishtirok etishdi.

Natijalarga ko‘ra uchinchi faxrli o‘ringa “Yog‘du” jamoasi, ikkinchi faxrli o‘ringa “Tog‘ yo‘lbarslari” jamoasi va nihoyat birinchi faxrli o‘ringa Samarqand davlat chet tillar institutining yangi tarkibdagi “Tarjimon” jamoasi 16.4 ball bilan munosib deb topildi.

Endilikda birinchilikni qo‘lga kiritgan jamoa, ya’ni “Tarjimon” jamoasi “Markaziy kulgu ligasi” musobaqasining yarim final bosqichida ishtirok etadi. Jamoamiz bilan birgalikda quvnoq va zukko talabalarimizni qo‘llab-quvvatlab turamiz. Omad yor bo‘lsin.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI matbuot xizmati

Share:
2019-12-16 17:05:00 87