Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri hamda mutasaddi vakillar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda tizimning samaradorligi hamda muvaffaqiyatli ravishda faoliyatini davom etkazish, istiqbolli rejalarni amalga oshrish, tizim faoliyatining salmog‘ini yanada oshirish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi. Shu bilan birga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham belgilab olindi.
Muhokamalar yakunida oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy, akademik, tuzilmaviy va kadrlar menejmenti mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.
SamDCHTI matbuot xizmati
O'zbekcha
Русский
Francais
Deutsch
Spain




