Actividad científica metódica
“Yaqin sharq tillari” kafedrasining prof.-o’qituvchilari kafedraning «Sharq tillarining nazariy va amaliy masalalari» deb nomlangan ilmiy yo’nalishi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Shanxay xorijiy tillar universiteti bilan hamkorlikda Samarqand davlat chet tillar instituti Yaqin sharq tillari kafedrasi an’anaviy tarzda har yili Buyuk ipak yo’lida umuminsoniy va milliy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazadi.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar
Yaqin sharq tillari kafedrasida professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish istiqbolli rejasi tuzilgan bo’lib, rejaning bajarilishi doimiy nazoratga olinishi natijasi o’laroq kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ayni paytda turli nufuzli ilmiy jurnallar va anjumanlarda 80 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar e’lon qilindi. Tasdiqlanlangan reja doirasida kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish maqsadida bir qator yosh o’qituvchilar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedraning bir necha professor-o’qituvchilari o’z mavzulari va sohalari yuzasidan mustaqil tadqiqotchilik ishlarini olib borayaptilar.
Bundan tashqari kafedra o’qituvchilari o’z malakalarini yaxshilash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida bo’lib qaytishmoqda.
Yaqin sharq tillari kafedrasi o’qituvchilarining 2019-2020 o’quv yili bo’yicha yuqori impakt faktorli xorijiy jurnallarda 20 ga yaqin maqolalari chop etildi. Bundan tashqari xorijiy, respublika va mahalliy konferensiyalarda qatnashib, o’zlarining 50 dan ortiq maqolalarini chop ettirdilar.
Ohirgi 2 yil ichida kafedra bir nechta o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etildi. Bular:
- Tuxtamishev A., Qo‘ziev X. Xitoy tili o‘qitish kursi (1 tom, 2 kitob), (2019 yil), (o‘quv uslubiy qo‘llanma)
- Ochilova X., Raximov A. O‘zbek va xitoy tillarining qiyosiy morfologiyasi (2018 yil), (o‘quv-uslubiy qo‘llanma)
- Iskandarov T. Amir Temur haqida noyob haqiqatlar (2019)
- Iskandarov T. Arablarning Samarqandga kirib kelish tarixi (2020)
- Shukurov F.Sirtki bo‘lim talabalari uchun sharq tillari (arab tili) fanidan mustaqil ta'lim topshiriqlari (2020)
- Vohidov A., Shukurov F. Arab-fors yozuvi saboqlari (2020)(uslubiy qo‘llanma).
- Sattorov B. Xitoycha-o’zbekcha rasmli lug’at (2020)
- Axmedova F.A. English foe efficient learning (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) (2021)
- Xurramova D.R. A manual for self contained learning (o‘quv-uslubiy qo‘llanma) (2021)
O’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalari bilan ishlash bo`yicha yaqin sharq tillari kafedrasining faoliyati yaxshi yo`lga qo`yilgan. Yaqin sharq tillari kafedrasining professor-o`qituvchilari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarda ta'limning innovatsion texnologiyalarini keng joriy etib kelmoqda. Ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlashda kafedraga biriktirilgan Pastdargom tumani Paxtakor MFYdagi 104-o’rta ta’lim maktabi bilan o'quv-uslubiy hamkorlik shartnomalari o'rnatilib, o'quvchilarni OTMga jalb qilish hamda bitiruvchilarning o’qishga kirish ko’rsatgichini ko’tarish va o’qituvchilarga amaliy yordam berish bo’yicha ishlar yo’lga qo’yilgan.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
