Talabalar turar joylari bilan ta'minlash bo'yicha muvofiqlashtiruvchi bo'lim boshlig'i: Aliqulov Bekmurod Tolibjon o'g'li
+998 (93) 956-47-36
baliqulov9@gmail.com
Talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig‘i va xodimlarining vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarori qabul qilindi. Qarorning 7-bandida davlat oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan saqlanadigan to‘rttagacha shtat birligidan iborat. Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim tashkil etishga ruxsat berilgan.
Oliy o‘rta ta’lim vazirining 2021-yil 13-sentabrdagi 390-son buyrug‘iga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan saqlanadigan talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim lavozimlarini kiritish ishlab chiqildi. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar institutida talabalarini turar-joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim joriy qilindi.
Talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim quyidagi vazifalarni bajaradi:
-talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi boshlig‘i nizom asosida institut rahbariyati tomonidan tayinlanadi. O‘z faoliyati yo‘nalishiga, ish-rejasi va dasturiga shtat birligiga ega bo‘lib, bo‘limni ma’muriy, ma’naviy-axloqiy hamda tarbiyaviy ishlarini boshqaradi. Talabalarni turar-joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim mutaxasislari talabalar turar-joylarida, ijara va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarni yashash manzillariga muntazam borib, u yerda yaratilgan sharoitlar va talabalarning muammolarini o‘rganib va ularni sharoitlarini yaxshilash choralarini ko‘rish faoliyati bilan shug‘ullanadi;
-institut tasarrufidagi talabalar turar-joylaridagi o‘rinlar sonini fakultet talabalari kontengenti kesimida taqsimlash, fakultetlardan kelgan arizalarni ko‘rib chiqish, mazkur arizalar o‘rnatilgan nizomga muvofiq ko‘rib chiqilgach, talabalar turar-joyiga joylashishga yordam berish;
-bo‘lim tomonidan institut tasarrufidagi talabalar turar-joyi tozaligi, sanitariya holati, talabalarning yashash sharoitlarini muntazam o‘rganib borish.
-bo‘lim tomonidan institutda ijarada yashovchi talabalarning ijara bank ma’lumotini umumlashtiradi, tyutorlar bilan hamkorlikda ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari bilan muntazam tanishib borib u yerda yaratilgan sharoitlarni o‘rganib borish va yuzaga kelgan kamchiliklarni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga ijrosi bo‘yicha:
bo‘lim tomonidan ijarada yashovchi talabalarning oylik ijara to‘lovini bir qismini qoplab berish uchun ariza bilan murojaat qilgan talabalarning ro‘yxatini shakllantirish va talabgorlar ro‘yxatini tanlab olish komissiyasi a’zolariga taqdim etish.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
