Bugun, 6-sentabr Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi hamda 6-sentabr yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida bilimlar kuniga bag’ishlab, “Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbir davomida litsey o’quvchilarining  2020/2021 o’quv yilida erishgan yutuqlari sanab o’tildi. Jumladan,

— o’tgan o’quv yilida 29 nafar bitiruvchilarning milliy va xalqaro  til  bilish darajasini belgilovchi sertifikatlarni  olib, oliy o’quv  yurtlariga kirish balining 30% ga  ega  bo’lganligi,

— Akademik  litseyni  namunali  diplom bilan bitirib, 7,5 ballik  IELTS sertifikati  sohibasi bo’lgan O.Orolova oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonida  eng  yuqori, ya’ni 189  ballni  qo’lga  kiritganligi hamda bugungi kunda Prezident stipendiyasiga  davogar ekanligi,

— o’smirlar o’rtasida o’tkazilgan sportning 100 katakli shashka turi bo’yicha respublika chempionligini qo’lga kiritgan litsey bitiruvchisi I.Abdurasulovning oliy o'quv yurtiga davlat granti asosida o’qishga qabul qilinganligi,

— 2020/2021 o’quv  yili  davomida nemis tili fanidan bo’lib o’tgan respublika olimpiadasi g’olibi I.Mamatmurodovaning yutuqlari,

— Akademik litsey o’quvchisi M.Boturovaning 6 ballik xalqaro  til  bilish darajasini belgilovchi IELTS sertifikatiga ega bo’lganligi kabilar tadbir davomida tantanali tarzda e’tirof etildi hamda ularga esdalik sovg'alari topshirildi.

Jarayon davomida litsey o’quvchilari tomonidan turli xil qo’shiqlar, she’rlar, milliy raqs hamda kuylar ijro etildi.

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

Samarqand davlar chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2021-09-06 14:05:00 127