Bugun, 6-sentabr Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi hamda 6-sentabr yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida bilimlar kuniga bag’ishlab, “Yangi O`zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbir davomida litsey o’quvchilarining 2020/2021 o’quv yilida erishgan yutuqlari sanab o’tildi. Jumladan,
— o’tgan o’quv yilida 29 nafar bitiruvchilarning milliy va xalqaro til bilish darajasini belgilovchi sertifikatlarni olib, oliy o’quv yurtlariga kirish balining 30% ga ega bo’lganligi,
— Akademik litseyni namunali diplom bilan bitirib, 7,5 ballik IELTS sertifikati sohibasi bo’lgan O.Orolova oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonida eng yuqori, ya’ni 189 ballni qo’lga kiritganligi hamda bugungi kunda Prezident stipendiyasiga davogar ekanligi,
— o’smirlar o’rtasida o’tkazilgan sportning 100 katakli shashka turi bo’yicha respublika chempionligini qo’lga kiritgan litsey bitiruvchisi I.Abdurasulovning oliy o'quv yurtiga davlat granti asosida o’qishga qabul qilinganligi,
— 2020/2021 o’quv yili davomida nemis tili fanidan bo’lib o’tgan respublika olimpiadasi g’olibi I.Mamatmurodovaning yutuqlari,
— Akademik litsey o’quvchisi M.Boturovaning 6 ballik xalqaro til bilish darajasini belgilovchi IELTS sertifikatiga ega bo’lganligi kabilar tadbir davomida tantanali tarzda e’tirof etildi hamda ularga esdalik sovg'alari topshirildi.
Jarayon davomida litsey o’quvchilari tomonidan turli xil qo’shiqlar, she’rlar, milliy raqs hamda kuylar ijro etildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain





