O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 15-16 aprel kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda bergan topshiriqlari bo‘yicha 2021-2022 o‘quv yilida institutning Narpay “Xorijiy tillar” fakulteti tashkil etilganligidan xabaringiz bor.
Joriy yilning 8-oktabr kuni institut prorektori O.G’aybullayev, xodimlar kasaba uyushmasi raisi I.Salomov hamda institut ARM direktori D.Xudoyqulovlar birgalikda Narpay “Xorijiy tillar” fakultetiga borishib, talabalar bilan uchrashuv o’tkazishdi va o’zlarining faoliyati bilan tanishtirib o’tishdi.
Shuningdek, samarali faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilar hamda eng yuqori ball bilan o’qishga qabul qilinganlarni qimmatbaho sovg’alar va nodir baddiy kitoblar bilan taqdirlashdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch







