Samarqand davlat chet tillar institutiga o’qishga kirish maqsadida hujjat topshirgan, ammo imtihonda yetarli ball to’play olmagan abituriyentlardan tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o’qishga qabul qilish to’g’risidagi arizlar qabul qilish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, ularga to’lov-shartnoma qog’ozlari berilmoqda.

Ta’kidlash joiz, bunday vaziyatlarda abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga yetarli darajada qulaylik hamda imkoniyatlar yaratilishi lozim. Hozirda institutda abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun kutish joylari tashkil qilindi. Institut xodimlari ularga xizmat ko’rsatishmoqda.

Institutning moliya-iqtisodiy ishlari bo'yicha prorektori Z.Kuziyev bilan birgalikda biriktirilgan xodimlar abituriyentlar va ularning ota-onalariga kontrakt to’lovlari qay tartibda amalga oshirilishi, o’quv jarayonlari qachon boshlanishi va qay tartibda davom etishi va ular tomonidan berilgan savollarga javob berib, qo’shimcha ma’lumot hamda tushunchalar berib o’tishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

Samarqand davlat chet tillar instituti

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2021-10-23 18:55:00 120