Yaponiya Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi tomonidan xorijlik talabalar uchun “Yapon tili va madaniyati” dasturi doirasida e’lon qilingan tanlovda Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi bo’lmish Laziza Ahadova ham ishtirok etdi va g’olib deb topildi.
Ayni paytda Laziza Ahadovani Yaponiyaga yuborish va ularni u yerda bir yil davomida tahsil olish masalalari ko’rib chiqildi. Barcha harajatlar Yaponiya tomonidan qoplab beriladi.
Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov bugun grant g’olibi bo’lgan Laziza Ahadova bilan uchrashdi va Yaponiyada bo’lgan vaqtida doimiy aloqada bo’lib turishi, salomatligi va xavfsizligidan xabardor bo’lib turish, epidemiologik tartib-qoidalarga ham amal qilish kabilar to’g’risida ko’rsatma hamda tushunchalar berdi. Shuningdek, o’qish va ishlariga omad yor bo’lishini aytdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch






