Pekin Pedagogika universitetining Guandong provinsiasi Juxai shahridagi “Makon va Yo’l” filiali (Belt and Road School Beijing Normal University) tomonidan 2022-2023-o’quv yili uchun magistratura dasturida tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilindi.
Mazkur stipendiya (to’liq va yarim to’liq grant) Biznes boshqaruvi va Davlat boshqaruvi magistri (MBA/MPA) yo’nalishlariga mo’ljallangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasidan 5 nafar (belgilangan qabul shartlari asosida) nomzodga taqdim etilishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlar Pekin Pedagogika universitetining Belt and Road School Beijing Normal University (http://apply.bnu.edu.cn//) veb-saytida batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to’ldirishi va barcha o’qishga kirish tartiblaridan on-line tarzda mustaqil ravishda o’tishi kerak.
Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 30-aprelgacha.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasiga nomzodlar bo’yicha ma’lumot berish maqsadida hujjatlar institutning Xalqaro hamkorlik bo’limiga 2022-yil 10-apreldan kechiktirilmagan holda taqdim etilishi kerak.
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
