Pekin Pedagogika universitetining Guandong provinsiasi Juxai shahridagi “Makon va Yo’l” filiali (Belt and Road School Beijing Normal University) magistraturasida tahsil olish uchun stipendiya tanlovini e’lon qildi

Pekin Pedagogika universitetining Guandong provinsiasi Juxai shahridagi “Makon va Yo’l” filiali (Belt and Road School Beijing Normal University) tomonidan 2022-2023-o’quv yili uchun magistratura dasturida tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilindi.

Mazkur stipendiya (to’liq va yarim to’liq grant) Biznes boshqaruvi va Davlat boshqaruvi magistri (MBA/MPA) yo’nalishlariga mo’ljallangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasidan 5 nafar (belgilangan qabul shartlari asosida) nomzodga taqdim etilishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlar Pekin Pedagogika universitetining Belt and Road School Beijing Normal University (http://apply.bnu.edu.cn//) veb-saytida batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to’ldirishi va barcha o’qishga kirish tartiblaridan on-line tarzda mustaqil ravishda o’tishi kerak.

Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 30-aprelgacha.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasiga nomzodlar bo’yicha ma’lumot berish maqsadida hujjatlar institutning Xalqaro hamkorlik bo’limiga 2022-yil 10-apreldan kechiktirilmagan holda taqdim etilishi kerak.

 

 

 

Share:
2022-03-19 09:50:26 2804