Bugun, 14 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov rahbarligida oliy ta’lim tizimida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya aloqa shaklida navbatdagi kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:
- O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish hamda ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyalarida belgilangan vazifalar ijrosi;
- Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
- Oliy ta’lim muassasalarida dissertatsiya himoyalari ko‘rsatkichi;
- doktorantura sohasida olib borilgan ishlar;
- ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati;
- ilmiy jurnallarni “Scopus” bazasiga kiritish;
- ilmiy loyihalar va boshqa turli masalalar muhokama qilindi.
Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati ham yuqorida ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan kelgusida qilinadigan ishlar bo’yicha rejalarni belgilab olishdi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
