Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun, 14 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov rahbarligida oliy ta’lim tizimida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya aloqa shaklida navbatdagi kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

  • O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish hamda ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyalarida belgilangan vazifalar ijrosi;
  • Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
  • Oliy ta’lim muassasalarida dissertatsiya himoyalari ko‘rsatkichi;
  • doktorantura sohasida olib borilgan ishlar;
  • ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyati;
  • ilmiy jurnallarni “Scopus” bazasiga kiritish;
  • ilmiy loyihalar va boshqa turli masalalar muhokama qilindi.

Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati ham yuqorida ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan kelgusida qilinadigan ishlar bo’yicha rejalarni belgilab olishdi.

Share:
2022-03-19 10:09:52 139