Ma’lumki, Navro‘z Sharq xalqlarining bahor bayrami sifatida ming yillar mobaynida insoniylik, mehr-muruvvat, mehnatsevarlik, sabr-toqat kabi qadriyatlarni namoyon etgan holda nishonlanadi.

Bu bayram insoniyat o‘zligini ilk bor yorqin namoyon eta olgani bilan ham ahamiyatlidir. Navro‘z bayrami 21-martdan boshlanib bir necha kunlab davom etadi. Navro‘z yaxshi qo‘shnichilik, hamkorlik, madaniyatlaroro muloqotlarni rag'batlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Shu munosabatda bugun, 17-mart kuni Navro‘z bayrami Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida juda ko‘tarinki ruhda, xursandchilik kayfiyatda tantanali tarzda nishonlandi. “Bahorning xabarchisi” Navro‘z  bayramida  institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, fakultet dekanlari, barcha talabalar jamoasi ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etishdilar. Sahnada talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar, raqslar ijro etildi.

Bayramning tashkil etilishida faollik ko‘rsatgan o‘qituvchi hamda talabalar faxriy yorliq hamda tashakkurnomlar bilan taqdirlanishdilar.

Share:
2022-03-24 13:12:57 135