Ma’lumki, Navro‘z Sharq xalqlarining bahor bayrami sifatida ming yillar mobaynida insoniylik, mehr-muruvvat, mehnatsevarlik, sabr-toqat kabi qadriyatlarni namoyon etgan holda nishonlanadi.
Bu bayram insoniyat o‘zligini ilk bor yorqin namoyon eta olgani bilan ham ahamiyatlidir. Navro‘z bayrami 21-martdan boshlanib bir necha kunlab davom etadi. Navro‘z yaxshi qo‘shnichilik, hamkorlik, madaniyatlaroro muloqotlarni rag'batlantirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Shu munosabatda bugun, 17-mart kuni Navro‘z bayrami Samarqand davlat chet tillar institutining Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida juda ko‘tarinki ruhda, xursandchilik kayfiyatda tantanali tarzda nishonlandi. “Bahorning xabarchisi” Navro‘z bayramida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, fakultet dekanlari, barcha talabalar jamoasi ko‘tarinki kayfiyatda ishtirok etishdilar. Sahnada talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiqlar, raqslar ijro etildi.
Bayramning tashkil etilishida faollik ko‘rsatgan o‘qituvchi hamda talabalar faxriy yorliq hamda tashakkurnomlar bilan taqdirlanishdilar.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
