Respublika miqiyosida 30-bor o'tkazilayotgan ''Yapon tili notiqlik san'ati'' tanlovi munosabati bilan bugun, 26-mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Yoshinori Fudjiyama tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov va elchi janoblari o'rtasida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida Yaponiya oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik munosabatlarini kengaytirish va mustahkam tarzda davom ettirish, shuningdek, kelgusida hamkorlik aloqalari doirasida professor-o’qituvchilar, talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, ularning tajribasini oshirish, birgalikda o’quv adabiyotlari va darsliklarini yaratish kabilar xususida fikr-mulohzalar almashinildi.
Uchrashuvdan so’ng rektor Ilhomjon To’xtasinov Yoshinori Fudjiyama janoblariga Samarqand davlat chet tillar institutida professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, qulayliklar hamda o’quv xonalari, shuningdek, til markazlari faoliyati bilan tanishtirib o’tdi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
