Xabaringiz bor, 2022-yilda Samarqand viloyatida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti bo’lib o’tadi va hozirda Samarqanddagi barcha mutasaddilar tomonidan xalqaro sammitni yuqori saviyada tashkil qilish va o’tkazish borasida barcha sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi “2022-yilda Samarqand shahrida o’tkaziladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 5636-F-sonli Farmoyishiga asosan Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti va Ipak yo’li xalqaro turizm universiteti hamkorligida tajribali professor-o’qituvchilar hamda xorijiy tillarni mukammal o’zlashtirgan talabalarining bilim va ko’nikmalarini yanada oshirish borasida qator vazifalar belgilab berilgan.

Farmoyishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun, 14-aprel kuni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari Komiljon Karimov ishtirokida onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda Samarqanddagi barcha oliy ta’lim muassasalari mutassaddi rahbarlari, jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv doirasida 2022-yilda Samarqand shahrida o’tkaziladigan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti doirasida tashrif buyuradigan xorijlik delegatsiyalar hamda xorijlik kuzatuvchilarga tarjimon sifatida hamrohlik qiladiganlarning sifatli va xalqaro talablarga mos ravishda xizmat ko’rsatishini ta’minlash borasida kelgusidagi rejalar va amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

SamDCHTI Axborot xizmati
Share:
2022-04-14 17:17:14 179