Joriy yilning 20-aprel  sanasida Ingliz tili-II fakulteti Ingliz tili o'qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “Xorijiy til taʼlimi lingvodidaktikasi va innovatsion asoslari” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Mazkur konferensiya Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Indoneziyaning Makassar universiteti, AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi va Rossiya Federatsiyasining Yaroslavl pedagogika universiteti hamkorligida o‘tkazildi.

Konferensiyada xorijiy va mahalliy taniqli olim va tilshunoslar xorijiy tillarni o’qitishning hozirgi kundagi muammolari kelgusidagi istiqbollari yuzasidan o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Plenar majlisdan so’ng konferensiya o’z ishini quyidagi guruhlarda davom ettirdi:

  • Taʼlimning turli bosqichlarida xorijiy til o‘qitish metod va metodologiyasi muammolari;
  • Masofaviy ta’limga xorijiy tilni o‘qitishning innovatsion metodlarini tatbiq qilish
  • Til va nutq tizimi birliklarining lingvodidaktik va lingvopragmatik masalalari
  • Madaniyatlararo muloqotning lisoniy va lingvodidaktik asoslari hamda nutqiy muloqot kompetensiyasini shakllantirish muammolari

Alohida guruhlarda mutaxassislar ta’limning turli bosqichlarida xorijiy til o‘qitish metod va metodologiyasi muammolari, ularning zamonaviy yechimlari bo’yicha to’rtta shu’balarda o’z ma’ruzalari bilan qatnashishdi va mahorat darslari olib borishdi.

Konferensiya xorijiy til taʼlimi, xorijiy tillarni o‘qitish usullari va taʼlim-tarbiya nazariyasi, taʼlim jarayoniga yangi pedagogik hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq dolzarb muammolar, ularning yechimlarini topish hamda bu borada erishilgan yutuqlar doirasida mutaxassislarning tajriba va fikr almashuvini taʼminlash, masofaviy taʼlim usullarini takomillashtirish, til o‘qituvchilari pedagogik mahoratini oshirish va o‘qitish sifatini yaxshilashga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-04-20 21:59:54 407