Bugun, 28-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi 8-9 son qo‘shma yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilish davomida quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, shu asosida institut vazifalari;
— Institutda jamoat tashkilotlari (professor-o‘qituvchilar kasaba uyushmasi, xotin-qizlar kengashi, ustoz-murabbiylar kengashi, “Yoshlar ittifoqi institut BT”) faoliyati;
— Institut Roman-german tillari fakultetida olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahvoli hamda kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar;
— Talabalar turar joyida, ijarada va yaqin qarindoshlarinikida hamda o‘z uylarida yashovchi talabalar orasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahvoli;
— 2021-2022 o‘quv yilining birinchi yarmida talabalar o‘zlashtirishi yakunlari hamda professor-o‘qituvchilarining 1-yarim yillik yuklamalarining bajarilishi;
— Talabalar fan olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rishning ahvoli;
— Institutda talabalar qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati;
— 2021-2022 o‘quv yilida fakultetlarda bitiruvchilarning bandligini to‘liq ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
— Sharq tillari va Qo‘shma ta’lim dasturlari fakultetlarida olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahvoli hamda kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash borasidagi ishlar;
— 2021-2022 o‘quv yilida bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertasiyalarining tayyorgarlik holati.
Shuningdek, institutning ilmiy daraja va unvonga erishgan professor-o’qituvchilari diplom hamda kompyuterlar bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
