Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Avstraliya oliygohlari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shuningdek, Avstraliya oliygohlari o’rtasidagi hamkorlik aloqalari doirasda avstraliyalik ingliz tili mutaxassisi dotsent Ian Patterson Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat olib borish maqsadida taklif etildi.
Joriy yilning 12-may kuni Samarqand davlat chet tillar instituti prorektori Fazliddin Ro’ziqulov hamda dotsent Ian Pattersonlar ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi va istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Shuningdek, Ian Patterson Samarqand davlat chet tillar institutida joriy o’quv yili yakuniga qadar o’z faoliyatini davom ettiradi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
