
Davlatimiz rahbarligida yurtimizning ta’lim sohasida jadal islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz mahalliy rahbarlarga katta ishonch va qat’iyat bilan qaraydi. Zero, davlat taraqqiyot strategiyasi ijrosini joylarda aynan tashkilot va muassasalar rahbarlari samarali tashkil etib, ijobiy natijalar ko'rsatishmoqda.
Yurtboshimizning oliy ta’lim muammolariga bag‘ishlangan ma’ruzasida: “Oliygoh – katta bir oila. Bu oilaning boshlig‘i – rektor. Ota-ona o‘zining eng katta boyligi bo‘lmish farzandini rektorlarga ishonib topshirgan. Shuning uchun rektorlar o‘z vazifasini chin dildan ado etishi kerak'' - deya alohida ta'kidlagan.
''Yaqinda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasidagi maqolasini o‘qib qoldim. Ushbu maqolani o‘qib chiqib, mas’uliyat, topshiriqni o‘z vaqtida va sifatli bajara olish, ichki imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, murakkab sharoitda tashkiliy ishlarni belgilangan maqsad sari yo‘naltira olish – barchasi rahbarga bog‘liq ekanini yana bir bor angladim.
Maqolani o'qir ekanman, fikrlari tiniq, jonkuyar, shijoatli va g'ayratli rahbarni ko‘rdim. Haqiqiy rahbar mas'uliyatdan qo'rqmaydi, balki imkoniyatlarni qidiradi'' - deya ta'kidlaydi, akademik.
Akademik Oqil Salimov hozirda Samarqand davlat chet tillar instituti 100 ga yaqin xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini davom ettirayotganligi, shuningdek, talabalarga ish o'rinlarini yaratish, xorijda tajriba va eng ilg‘or mamlakatlarda ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish borasida Germaniyaning qator universitetlari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilganligiga ham alohida e'tibor qaratadi.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
