Muhtaram yurtboshimizning joriy yil 4-mart kuni “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlariga bag'ishlangan  videoselektor yigʻilishi” yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan bugun, 17-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olayotgan bulung’urlik talabalar bilan Bulung’ur tuman hokimi Samandar Asadov uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda institutda ta’lim olayotgan bulung’urlik talabalarni ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarni qo‘shimcha daromad  topishlari uchun tuman tashkilotlarida mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash, bitiruvchilarni mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuv so’ngida talabalar o’zlarining taklif va fikrlarini batafsil bayon etishdi.

Shu bilan bir qatorda, Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olayotgan tuman talaba-yoshlarining bandiligini ta’minlash, ularga bo’sh ish o’rinlarini yaratish borasida Bulung’ur tuman hokimi Samandar Asadov hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinovlar o’rtasida kelishuv Memorandumi imzolandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-05-17 22:08:32 230