O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan hududdagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy tadqiqotchilari uchun chet tillari bo’yicha malakaviy imtihonlar Samarqand davlat chet tillar institutida bo'lib o'tdi.

Jarayonning shaffof o'tishini ta'minlash maqsadida institutning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i M.Sodiqov hamda bo'lim bosh mutaxassisi F.Abdurahmonovlar faol ishtirok etishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-11-16 19:59:25 221