Joriy yilning oktabr oyida Samarqand shahrida bo'lib o'tgan III O'zbekiston – Rossiya ta'lim forumi davomida Rossiya Federatsiyasining Ural Federal universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangan edi. 

Ushbu shartnomaga asosan amaliy ishlarni davom ettirish maqsadida bugun Ural Federal universitetining Ural gumanitar instituti direktorining xalqaro hamkorlik ishlari bo'yicha maslahatchisi A.Burnasev boshchiligidagi delegatsiya institutga tashrif buyurdi.

Tomonlar o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda SamDCHTI o'qituvchilari uchun 2023-yilda Ural Federal universitetida malaka oshirish kurslarini tashkil etish, o'zaro qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish hamda talablar uchun yozgi kurslarni yo’lga qo’yish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-06 18:19:02 184