Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar instituti mas’ullari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahridagi Kanada universitetida tashkil etilgan Ipak Yo‘li universitetlari tarmog‘iga a’zo oliy ta'lim muassasalarining 8-assambleyasida ishtirok etishmoqda.

Jarayon doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Qozog’istonning Al-Forobiy nomidagi Milliy Universiteti o’rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi. Unga ko’ra tomonlar o’rtasida talabalar va professor-o’qituvchilar almashinivi, ilmiy-tadqiqot va turli xil innovatsion loyihalarda qatnashish hamda hamkorlikni rivojlantirish kabilar amalga oshiriladi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-02-16 18:15:41 215