Qozog’istonning Al-Forobiy nomidagi Milliy Universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi

Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar instituti mas’ullari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahridagi Kanada universitetida tashkil etilgan Ipak Yo‘li universitetlari tarmog‘iga a’zo oliy ta'lim muassasalarining 8-assambleyasida ishtirok etishmoqda.

Jarayon doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Qozog’istonning Al-Forobiy nomidagi Milliy Universiteti o’rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi. Unga ko’ra tomonlar o’rtasida talabalar va professor-o’qituvchilar almashinivi, ilmiy-tadqiqot va turli xil innovatsion loyihalarda qatnashish hamda hamkorlikni rivojlantirish kabilar amalga oshiriladi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-02-16 18:15:41 214