1996-yildan Samarqand davlat chet tillar institutida yapon tili ikkinchi chet tili sifatida oʼqitila boshlangan. 2008-yilda institutda “Filologiya va tillarni oʼqitish: yapon tili” yoʼnalishi tashkil etilgan. 2022-yilda Yapon filologiyasi kafedrasi faoliyati ham yo’lga qo’yilgan.
Jumladan, institutda har yili anʼanaviy tarzda “Yapon tili notiqliq sanʼati” tanlovi oʼtkazilib kelinadi. Bu tadbirda talabalarimiz oʼzlarining yapon tili bilimlarini namoyish sinab ko’rishadi. Tadbir talabalarimizni yapon tilini oʼrganishga boʼlgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutida bugun, 4-mart kuni “Yapon tili notiqlik sanʼati” tanlovining navbatdagi institut bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga omad yor bo’lishini bildiridi. Tanlovda g’olib bo’lganlar munosib taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmat
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
