Xabar berilganidek, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 27-28-mart kunlari Toshkentda Oʻzbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumi oʻtkazildi. Ushbu forumda Samarqand davlat chet tillar instituti Janubiy Koreyaning bir nechta oliygohlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatdi.

Navbatdagi oliygoh Janubiy Koreaning Daegu Haany Universiteti bo’lib, uning mas’ullari, ya’ni xalqaro ishlar bo’yicha vitse-prezidenti Yoon-Kwan Lee ishtirokidagi mehmonlar Samarqand davlat chet tillar institutida bo’lishdi.

Shuningdek, jarayon davomida tomonlar o’rtasida o'qituvchi va talabalar almashinuvi yo'nalishida hamkorlik qilish bo'yicha muzokara o'tkazildi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama, ya'ni institut rektori Ilhomjon To'xtasinov hamda mehmon Yoon-Kwan Leelar o'rtasida hamkorlik Memorandumi hamda talabalar almashinuvi bo'yicha Shartnoma imzolandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-03-29 18:57:22 200