Bugun, 7-aprel kuni institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori F.Ro‘ziqulov tomonidan Ingliz tili-I fakultetida o‘quv jarayonining borishi, professor-o‘qituvchilarning darsga tayyorgarlik holati, o‘quv resurslarining sifati va o‘quv adabiyotlarining ta’minlanganlik darajasi tanqidiy ruhda o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasi yuzasidan F.Ro‘ziqulov rahbarligida fakultet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Ingliz tili-I fakultetidagi ta’lim sifatini ta’minlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama qilindi. Xususan, fakultetning barcha kafedralaridagi majburiy va tanlov fanlarining fan dasturlari asosida ishlab chiqilgan sillabuslari sifati, har bir fanning asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati, talabalar mustaqil ta’limini tashkil etilishi, HEMIS axborot-boshqaruv tizimida o‘quv mashg‘ulotlari va talabalar davomatini yuritishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, MOODLE elektron ta’lim platformasidan har bir fanning mustaqil ta’limi uchun maqsadli foydalanmaslik holatlari alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, har bir fanni yangi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida fakultetda darsliklar yaratish ishlari sust ekanligi qayd etib o‘tildi. Bundan tashqari bugundan boshlab yangi 2023-2024 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rishni boshlash zarurligi aytib o‘tildi. Buning uchun shu bugungacha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan tegishli xulosalar chiqarilib, fakultetda sifatli ta’lim berish uchun barcha birdek harakat qilishi lozimligi uqtirildi.






SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
