Qonunchilikka ko‘ra, butun respublika bo‘ylab ovoz berish jarayonlari 08:00 dan boshlandi va kechki payt soat 20:00ga qadar davom etadi.
Shuningdek, Samarqand davlat chet tillar institutida joylashgan 67- va 145-referendum uchastkalarida ham jarayon davom etmoqda. Erta tongdan davlatimiz Madhiyasini sadolari ostida boshlangan ushbu ovoz berish jarayonida, ya'ni 67-referendum uchastkasida jami 2111 nafar ovoz beruvchi fuqarolar ro'yxatga olingan.
Jumladan, 145-referendum uchastkasida esa jami 1790 nafar ovoz beruvchi fuqarolar ro'yxatga olingan. Ayni damda nuroniylar, xotin-qizlar hamda talaba-yoshlar referendumda faol ishtirok etishmoqda. Ta'kidlash joiz, malayziyalik xalqaro kuzatuvchi Djoxari Bin Abdul janoblari ham referendumda kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.
Jarayonda barcha qulaylikliklarni yaratish maqsadida ichki ishlar xodimlari ham, tibbiyot xodimlari ham o'zlarining faolliklarini ko'rsatishmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
