Mamlakatimizda xotira va qadrlash kuni yaqinlashib kelmoqda. 9-may – O’zbekistonda xotira va qadrlash kuni. Bu kunda minglab O’zbekiston xalqi Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo’yadilar va bu orqali Ikkinchi Jahon urushida qurbon bo’lganlar xotirasini yodga oladilar. Shuningdek, ushbu kun munosabati bilan keksalar, nuroniylar hamda faxriylar holidan ham xabar olinadi.
Shu munosabatda Samarqand davlat chet tillar instituti mutasaddilari institutda ko’p yillar davomida o’zining fidoiy mehnatlari bilan faoliyat ko’rsatgan 20 nafar faxriy professor-o’qituvchilar holidan xabar olinib, ularga xalqimizga xos bo’lgan insoniylik fazilatlarini namoyon etishdi.



SamDCHTI Axborot xizmati
O'zbekcha
English
Русский
Francais
Deutsch
