Turkiya oliy ta'lim muassasalari  hamda  Samarqand davlat chet tillar instituti o'rtasida turli xil loyihalar doirasida xalqaro hamkorlik ishlari amalga oshirilib kelinmoqda. Professor-o'qituvchilar almashinuvi, ularning tajribasini oshirish kabilar shular jumlasidan. Bugun, 19-avgust kuni institut "Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari" kafedrasining 1 nafar dotsenti Sunnatillo Rahmonov Turkiyaning Mehmet Akif Ersoy universitetida ilmiy stajirovka o'tash hamda ma'ruza o'qish uchun yuborildi.

 SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2023-08-19 20:04:59 132